Mozilla FireFox 3.0.6 0

Olovli tulkimiz ham bugun yangilanib oldi. O’zi uch-to’rt kun avval ham 3.0.5 versiyasiga yangilab olgandi. Haa mayli, hammasi yaxshilikkadur. Hozirgi yangilanishda, havfsizlik kuchaytirilgan, rus tili orfografiyasiga qo’shimchalar kiritilgan va hokazo.

Internet: ko’p saytlar ochmayapti 0

O’zimni UzLiveNet (http://uzlive.net) saytimga kirsam, bunaqa sayt yuq deb chiqyapti. Keyin Behzod Saidov bilan analiz-sintez jarayonlarini olib bordik. Fikri ojimizcha, saytimizni trassirovkasi Germaniyadan nariga o’tmayapti. Demakki, Germaniyada nimadur bo’lgan. Eng qizig’i UzPak ISPdagi hostingdagi proxy orqali kiryapti saytga, lekin qolgan birorta ISPdan kirolmadik. Chet eldagilar va chet el proxylardan ham bemalol kirayapti. Ertaga tuzalib qolar . . .

Update yoki yangilanish 0

updateBugun blogni yangi 2.7 versiyasiga yangiladim. Kulyapsizmi? Bilaman, WPning 2.7 versiyasi allaqachon chiqqan edi. Ishlar va hayot tashvishlari bilan bo’lib, blogga qarash yoddan chiqqan edi. Endi nasib bo’lsa, har kuni kundalik hayotning turfa lavhalaridan sizlarni boxabar qilib boraman. Yaxshi kunlarda uchrashguncha . . . :)

Samarqandga travel ;) 2

Bugun Samarqandga ketyapman. Ikki-uch kun o’sha yerda bo’lsam kerak. Agar ishdan chaqirib qolishmasa, Juma kuni Style.uz haftaligining yopilish marosimi uchun Rod Stewardni konsertiga ham tushib kelaman. Toshkentda bileti 100 000 so’mdan sotilvotti. Eng yaxshisi, Samarqandda milisalarga 3-4 so’m bersam, kiraman. 100 000 so’mga butun Samarqandni aylanib kelamanu. Xullas, shunaqa gaplar . . .

DLink DSL 2640U 0

Bugun Dlinkning vakolatxonasiga bordim. Bir haftadan beri, ADSL modemimni ishlata ololmayotgan edim. DLink Nukus ko’chasidagi, Rossiya elchixonasidan keyingi, 55 ATS binosini yonida ekan. Bordim, shundoq masterni sehrli qo’llari modemimga tegishi bilan ishlab ketti. Reset tugmasini 15-20 sekund bosib turish kerak ekan. Keyin modem avvalgi holatiga qaytar ekan. Mana, mazza qilib, Mandriva 2009.0 da internetda ishlab o’tiribman :D

Sharq Stream . . . :( 0

Sharq Streamning internet xizmatidan foydalanaman. ADSL Unlim 64 Kbga ulanganman. Afsuski, bir haftalardan beri internetni mazasi yuqroq. ertalablari, google.com. yahoo.com, mail.rular ishlamaydi. Asosan, uznet saytlari ishlaydi. Kecha, bugun singlim Sharq Stream(1130000) ga telefon qilsa, o’zimiz ham hayronmiz debdi operatorlar. Xullas, ahvol yaxshimas . . .

Qayta Boshlash yoki restart 1

Deyarli 1 oy bo’libdi, shu blogni ochdirganimga. Lekin negadir vaqt bo’lmadi, to’ldirib borgani. Rosa uzoq kurashlardan keyin to’liq Linuxga o’tdim. Shu munosabat bilan endi blogni faqatgina Linux OTda yuritaman, nasib bo’lsa. Linuxda internetga ulanish oson bo’lmadi. Lanli ADSL modem olmagunimcha Linuxda internet masalasi murakkabligicha qoldi. Endi keyingi maqolalarda uchrashguncha . . .